Noldan kalitgacha sifat kafolatiga
ega yakuniy taʼmir

Yashirin toʻlovlarsiz belgilangan narx
ishga 1 yillik kafolat
qisqa muddatlarda taʼmir
  • Muddatlar
    • 1 oydan 3 oygacha
  • Narx
    • shartnoma tuzilgan vaqtdan boshlab belgilangan miqdorda
  • Sifat
    • Taʼmirga 1 yillik kafolat

Taʼmir
jarayoni

Ishlar shunday takshil etilganki, siz materiallar sotib olish va yetkazishga, ishonchli brigada izlashga, taʼmir sifati va muddatlarni nazorat qilishga vaqt va kuchingizni sarflamaysiz.

Taʼmirni tanlash

01

Konstruktorda oʻz taʼmiringizni shakllantiring va uning narxini bilib oling

02

Noldan kalitgacha taʼmir xizmatini faollashtirish uchun shartnoma imzolash va toʻlov qilish lozim

03

Taʼmirning texnik loyihasini tasdiqlash bosqichi

04

Materiallar sotib olish, brigadani qoʻshish, taʼmirga tayyorgarlik

05

Taʼmir boshlanishi bilan siz shaxsiy kabinet orqali jarayonni kuzatib borishingiz mumkin

06

Loyihani topshirish bosqichi

Bizning afzalliklar

Noldan kalitgacha taʼmir xizmati, taʼmir jarayoni va shartlari haqida batafsil maʼlumot olish uchun bizga yozing

Boʻlajak taʼmir
vizualizatsiyasi

Belgilangan
narx va muddatlar

Real vaqt
rejimida taʼmir holati

Ulgurji narxlarda materiallar sotib olish

Ulgurji narxlarda materiallar
sotib olish

Taʼmirga
nimalar
kiradi?

Taʼmir narxiga qoralama va yakuniy materiallar hamda kafolatli professional taʼmir kiradi. Qoʻshimcha opsiyalarni konstruktor orqali mustaqil tanlash mumkin.

Taʼmir variantlari

TAQDIM ETILADI

  • Loyiha hujjatlari
  • Barcha materiallarni sotib olish va yetkazish
  • Taʼmir sifati va muddatlari nazorati

TAQDIM ETILADI

  • Barcha taʼmir ishlari
  • Klining
  • Shaxsiy kabinet va maxsus menejer

OPSIYAGA KOʻRA

  • Mebel va sanuzel jihozlari
  • Maishiy texnika
  • Oshxona garnituri va mebel

Sifat va
ishonchlilik kafolati

"Ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari uchun 10 yilgacha kafolat. Ishlarga kafolat — 1 yil. Siz materiallar sotib olish va yetkazish, ishonchli brigada izlash, taʼmir sifati va muddatlarni nazorat qilish uchun vaqt va kuchingizni sarflashingizga toʻgʻri kelmaydi. Bularning barchasini biz bajaramiz."

Taʼmir vaqtida materiallar va ishlarga kafolat bilan nazoratning 6 bosqichi

Yakuniy pardozning 150 dan ziyod sifat standartlari.

Koʻp beriladigan savollar

Eng koʻp beriladigan savollarga javob beramiz va vujudga kelgan qiyinchiliklar boʻyicha bepul maslahatlar taqdim etamiz

Siz quyidagi usulda toʻlov qilishingiz mumkin: 3 ish kuni davomida 50%, 10 kalendar kuni davomida yana 50% (1 xonali xonadon uchun) / 15 kalendar kuni davomida (2 va 3 xonali xonadon uchun) / 20 kalendar kuni davomida (4 xonali xonadon uchun)

Har qanday paket narxiga quyidagilar kiradi:

  1. Tanlangan taʼmir paketiga muvofiq loyiha hujjatlari (opsiyaga koʻra);
  2. Qurilish materiallari (laminat, kafel, boʻyoq, sanuzel uchun mebel va boshqalar);
  3. Barcha taʼmir va qurilish-montaj ishlari;
  4. Sifat nazorati boʻlimi;
  5. Taʼmirdan soʻng tozalash ishlari;
  6. Shaxsiy kabinet;
  7. Tanlangan taʼmir paketiga muvofiq 12 oygacha kafolat.

Ayni damda biz muddatli toʻlov va kreditlash dasturlari ustida ishlayapmiz. Boʻlib toʻlash boʻyicha takliflar paydo boʻlishi bilan bu haqda saytimizda maʼlumotlar paydo boʻladi.

Siz onlayn tarzda taʼmirga murojaatnoma qoldirishingiz, barcha masalalarni kelishib olishingiz mumkin, bunda menejer sizga qoʻl qoʻyish uchun tayyor shartnomani oldingizga olib boradi.

U yoki boshqa paketdagi materiallar toʻliq taqdim etiladi va ular siz tomoningizdan oʻzgartirilishi yoki olib tashlanishi mumkin emas, ammo soʻnggi yangilanishdan soʻng konstruktorda qulay tanlov imkoniyatlari va assortimentlar paydo boʻldi.

Oʻrta hisobda taʼmir muddatlari:

  • 1 xonali xonadon uchun — 55-60 kalendar kuni;
  • 2 xonali xonadon uchun — 65-70 kalendar kuni;
  • 3 xonali xonadon uchun — 75-80 kalendar kuni;
  • 4 xonali xonadon uchun — 90-95 kalendar kuni.
*Muddatlarga tashqi omillar, masalan, turar joy majmuasi qurilishining tayyorlik darajasi ham taʼsir qilishi mumkin.

Murojaatnoma qoldirish

Biz tayyor dizayn tanlashga yordam beramiz va paydo boʻlgan savollar boʻyicha konsultatsiya beramiz!

"Murojaatnoma joʻnatish" tugmasini bosib, siz shaxsiy maʼlumotlaringizga ishlov berilishiga rozilik bildirasiz

Dizayn
yechimlari

"Oson Remont" professional dizaynerlar jamoasi xonadoningizga ajoyib tarzda mos kelishi mumkin boʻlgan dizayn variantlarini siz uchun maxsus tayyorlab qoʻydi.

Paket 3D-vizualizatsiya va xonadoningizga toʻliq moslashtirilgan loyiha dizayni, tanlangan uslub doirasida ranglar jilosini tanlash imkoniyati, mualliflik nazorati, taʼmir uchun kerak boʻladigan barcha materiallar va ishlar, shuningdek, "Oson Remont" dan texnik nazorat.

Qoʻshimcha ravishda siz issiq pol, texnika, oʻrnatilgan mebel va oshxona garnituri kabi opsiyalarni tanlashingiz mumkin.

Yakunda xonadoningiz xuddi orzungizdagi kabi chiroyli, qulay va funksional xonadonga aylanadi.

Barchasini oʻqish
Skandinaviya
Loft
Neoklassika

Jamoa

Bizning "Oson Remont" kompaniyamiz xonadonlarni yakuniy pardozlashda mutlaqo yangicha yondashuvni yoʻlga qoʻyish maqsadida yaratilgan. Bir tarafdan, biz jarayonning barcha ishtirokchilari — brigada, materiallar taʼminotchisi, sifat boʻyicha texnik nazoratchi, xonadon egalari orasidagi oʻzaro tezkor va samarali hamkorlikni tashkillashtirish uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanamiz. Boshqa tarafdan, biz faqatgina tajribali va ishonchli brigadalar, barqaror materiallar taʼminotchisi bilan ishlaymiz, bu esa bizga materiallar va ishlarga kafolat berish imkoniyatini taqdim etadi.

Shu bilan birga, siz har doim amalga oshirilayotgan ishlar holati va muddatlardan xabardor boʻlib turishingiz uchun menejerlarimiz hamisha sizning savollaringizga javob berishadi, barcha kerakli maʼlumotlarni taqdim etib borishadi. Barcha maʼlumotlarni va taʼmir jarayoni rasmlarini siz istalgan vaqtda shaxsiy kabinetingiz orqali ham koʻrishingiz mumkin.

Bizning missiyamiz har bir insonning hayotida va butun dunyoda taʼmirning murakkab jarayoniga boʻlgan munosabatni oʻzgartirishdan iborat va biz bu yoʻlda dadil qadamlarni qoʻyib bormoqdamiz.

Barchasini oʻqish